OTA-ONALARGA ESLATMA
Farzandlarimiz oila davomchisi, kelajagimiz vorislari. Bizning orzu umidlarimizni ro‘yobga chiqaruvchi jigarbandlarimiz.
Bizning orzu umidlarimizni ro‘yobga chiqaruvchi jigarbandlarimiz.
Shunday ekan, farzandingizni kelajakda Siz orzu qilgan inson bo‘lib etishishida Siz va oila a’zolaringizni xam o‘rni beqiyos ekanligini bildirgan holda, o‘z tavsiyalarimizni xavola qilamiz.
• Farzandingizni tarbiyasida shaxsiy namunaning o‘rni beqiyosligini unutmang;
• Farzand kelajakdagi etuk kadr va xayotda o‘z o‘rni uchun kurashishga qodir bo‘lgan shaxs bo‘lib etishishi uchun uni kunlik rejasini tuzish (kun tartibi)da sizning ishtirokingizning shartlili-gini unutmang ;
• Farzandingiz bilan sirdosh, kezi kelganda do‘st va asosiy maslahatchi bo‘ling;
• Farzand tarbiyasida ideal (kimga o‘xshashni xohlashi) tanlashi muhim;
• Uning kamchiliklari va nuqsonlarini hamma oldida aytish va kamsitish uning psixologiyasiga putur etkazadi;
• Uning qiziqishini va imkoniyatlarini yaxshi biling;
• Uning qiziqishiga ko‘ra kelajakdagi orzusini ro‘yobga chiqarishda qo‘llab quvvatlang va kerakli to‘garak, muassasalarga yo‘naltiring;
• Farzand tarbiyasida uni rag‘batlantirish katta ahamiyat kasb etishini unutmang, lekin ortiqcha baho berish va erkalatish zararlidir;
• Uni fikrini erkin bayon etishga o‘rgating va nutqini to‘g‘ri yo‘nal-tiring. buning uchun o‘z bilimingizni bola bilimiga hamohang ravishda oshirib borishni unutmang;
• Maktabdagi o‘rtoqlari va maktabdan tashqari vaqtdagi yurish-turishini nazorat qilib boring;
• Har haftada bir marotaba sinf rahbari va maktab rahbari xamda muntazam ravishda o‘rtoqlari bilan suhbatlashib turing, farzandingizni kamchilik va yutuqlaridan bohabar bo‘ling;
• Farzandingizni o‘ta dabdabavozlik (tug‘ilgan kun va marosimlarni o‘tkazishda) va moda (turli tilla taqinchoqlar, yangi rusumdagi beso‘na-qay mobil telefonlar, o‘ta kalta yubka va tor shimlar) orqasidan quvishidan saqlang.
• Maktabning ichki tartib–qoidalari mavjudligi va unga rioya qilish shartligini unutmang;
• Maktab, oila hamkorligiga muvofiq maktabga, darslarga tashrif buyurishni va albatta farzandingiz ishtirokidagi tadbirlar, ota-onalar yig‘ilishlarida ishtirok etishingiz farzandingizni tarbiyasida alohida e’tibor qarati-shini, ota-onasining uning kelajagi uchun befarq emasligini farzandingiz tushunishida katta ahamiyat kasb etishini va bu pirovardida farzandning ota-ona oldidagi mas’uliyatini oshishiga olib kelishini unutmang;
• Farzandingiz tarbiyasi og‘ir bo‘lishi va huquqbuzarlik yo‘liga kirib ketayot-ganini sezsangiz uni sinf rahbari va maktab rahbariyati bilan zudlik bilan aloqani bog‘lang va uni psixologik, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va tanlovlarda ishtirokini ta’minlab boring;
• Uni huquqbuzarlik, jinoyat sodir etishini oldini olishda o‘zingizni huquqiy bilimingizni oshirib, mentali-tetimizga xos bo‘lgan tarbiya usullarini izlab topishga va uni targ‘ib qilishga harakat qiling;
• Farzandingiz tarbiyasida va uni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda, unda estetik didni va kelajakda sizning oilangizni farovonligini oshirishda dam olish maskanlariga sayoxatlar uyushtirishni o‘rni beqiyosligini unutmang;
• Farzandingizni ma’naviy qiyofasi shakllanishida uning qanday filьm tomosha qilishi, qanday adabiyotlarni o‘qishi kerakligini unutmang;
• Turli komp`yuter (jangari, killer) o‘yinlari, kompьyuter oldida haddan tashqari uzoq vaqtni o‘tkazishi farzan-dingizni jahldor va agressiv qilib qo‘yishini, ko‘p hollarda sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga oling;
• Farzand tarbiyasida unga ishonch katta ahamiyat kasb etadi, lekin uni suiste’mol qilish zararli;
• Oiladagi qiz tarbiyasida otaning o‘rni beqiyosligini unutmang. Bugungi tarbiya ko‘rgan qiz kelajakda sog‘lom oila bekasi bo‘lishini unutmang;
• Qiz bolani maktab yoshidan oilaga tayyorlab borishda Siz va maktabning hamkorligini yodda tuting;
• Har bir vazifani o‘z vaqtida bajarish va darsga kech qolmasdan o‘z vaqtida borish bolada punktuallikni tarbiyalashi farzandingizni kelajak hayotidagi o‘ta muhim hususiyat ekanligini eslatib o‘tamiz.
ESLATMA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-sining 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi, 64-moddasida ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi belgilab qo‘yilgan.
Ota-onalar bolalarga ta’lim-tarbiya berish majburiyatlarining lozim darajada bajarilmaganliklari uchun qonunchilikda javobgarlik choralari belgilanganligini unutmang;
JUMLADAN:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-moddasiga ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun eng kam oylik ish haqqining ikkidan bir qismidan besh baravarigacha miqdorda jarima solish;
Voyaga etmagan farzandingizni og‘ir mehnatga jalb qilganligingiz uchun ham javobgarlik bor. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 51-moddasi 2-qismida qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, voyaga etmagan ya’ni, 18 yoshga to‘lmagan shaxsni mehnatga biron-bir shaklda majbur qilganlik eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Pedagog inson qalbini muhandisi, ota ona farzand tarbiyasidagi asosiy bo‘g‘in, uning tarbiyasiga hammamiz-jamiyat ham ota-ona ham mas’uldir.
Shunday ekan, biz kelajakda farovon, ahil, asosiysi sog‘lom muhitli oila qurishingizda Sizning asosiy yordam-chingiz va hamtarbiyachingiz ekanligi-mizni yodingizda tuting!
Farzand tarbiyasida Sizga omad tilaymiz!