OʻQITUVCHILARGA HAQ TOʻLANADIGAN TAʼTIL BERILISHI KERAK

OʻQITUVCHILARGA HAQ TOʻLANADIGAN TAʼTIL BERILISHI KERAK

OAVda Toshkent maktablaridagi oʻqituvchilardan oilaviy sharoitiga koʻra oʻz hisobidan ikki hafta taʼtil olish uchun ariza yozishi talab etilgani toʻgʻrisida maqola eʼlon qilindi.Maqolada aytilishicha, bunday arizalarni olish toʻgʻrisida 16-mart kuni buyruq olingan.

2020-yilning 15-mart kuni Xalq taʼlimi vazirligi soha xodimlarining amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdan tashqari taʼtilga chiqishi toʻgʻrisida rasmiy bayonot berdi.Bayonotda xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat taʼtilining bir qismini olishi mumkinligi taʼkidlandi.

Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridahaq toʻlanadigan taʼtil berishga oid talablar belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi).Agar ushbu talablar bajarilmasa, xodimlarga qonunchilikka muvofiq ish haqi toʻlanmaydigan taʼtilga chiqish taklif qilindi.

Shuningdek, 2020-yil 17-martda boʻlib oʻtgan brifingda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov hukumat komissiyasining qaroriga binoan 18-martdan boshlab, barcha oʻqituvchilarga mehnat taʼtili berilishini eʼlon qildi.

2020-yil 17-martda Xalq taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi qabul qilindi.Buyruqda qayd etilishicha, istisno tariqasida xodimlarga yillik taʼtilning qisqarishi munosabati bilan navbatdan tashqari taʼtil beriladi.

Ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi haqida yozgan xodimlar hujjatlarni qayta rasmiylashtirish uchun maktab maʼmuriyatiga murojaat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, xalq taʼlimi hududiy boʻlinmalarining rahbarlariga haq toʻlanadigan taʼtilni roʻyxatdan oʻtkazish talablariga rioya etishni taʼminlash vazifasi topshirildi.

Comments for this post are closed.